Xohish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xohish (psixologiyada) — muayyan harakatni bajarishga intilish haqidagi tasavvur va shu yoʻldagi kechinma. Harakatning amalga oshuvi X.ning qondirilishini ifodalaydi. Etika va ijtimoiy psixologiyada X. intilish, aniqrogʻi, biror maqsad, ideal, orzuga erishish impulsi sifatida qaraladi.

X. — shaxs xulqi va faoliyatini belgilovchi muhim psixik holatlardan biri; u bu holatlarning motivlari va irodaviy tomonini ifodalaydi. Shuning uchun X. psixologiyada faqat mayl yoki faoliyat obʼyektiga intilish sifatida emas, balki bu faoliyatni amalga oshirishni xohlash va niyat kilish sifatida xam bayon kdpinadi. X.ning rivojlanishi uni qoniqtirish usul va sharoitlari, X.ning barqarorligi, uzoq sakdanishi va kuchi bilan belgilanadi. Shunga kdrab X. bajarilishi mumkin boʻlgan, noreal, ziddiyatli, bemaʼni, maqsadli va boshqa turga boʻlinadi. X. insonning qiziqishi va eʼtiqodi bilan birga oʻz faoliyatiga ongli munosabatda boʻlishini ham ifodalaydi.