Xogart Uilyam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

XOGART (Hogarth) Uilyam (1697.10.11 — London — 1764.25.10) — ingliz rangtasvir ustasi, grafik rassomi va sanʼat nazariyotchisi. Londondagi J. Tornxill akademiyasida taʼlim olgan. 1743 va 1748-yillarda Fransiyada boʻlgan. X. asarlari demokratik ruhi, oʻta hayotiy tavsifi, realistik usuli bilan ajralib turadi ("Kapitan T. Korem", 1740; "Avtoportret", 1745; "Qiz qisqichbaqalar bilan" va boshqalar). Biroq X.ga ingliz hayotidagi nuqsonlarni fosh etuvchi Yevropa maʼrifatparvarligi ruhidagi hajviy kartinalari va gravyuralari shuhrat keltirdi ("Urf boʻlgan nikoh" gravyuralari, 1743—45; "Jin tor koʻchasi" va "Pivo koʻchasi" gravyuralari, 1751; "Saylovlar", taxminan 1754 va boshqalar). X. "Goʻzallik taxlili" nazariy risolasida hayotni uning oʻziga xos koʻrinishida bera oladigan asimmetrik, differensial shakllarni dalil qoʻllashga undaydi; uning gʻoya va asarlari 18-asr Yevropa madaniyatiga kuchli taʼsir koʻrsatgan (Angliyada — L. Stern, Germaniyada — E. Lessing, G.K.Lixtenberg va boshqalar).