Xo‘janazar Huvaydo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Xo‘janazar Huvaydo
Asl ismi Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li
Tugʻilishi 1704-yili
Vafoti 1780/81-yili
Farg'ona

Huvaydo (taxallusi; asl nomi Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li) (1704 — O'sh shahri — 1780/81, Farg‘ona viloyati Chimyon qishlog‘i) — shoir, tasavvuf she’riyatining yirik vakili. Qo‘qon madrasalarida o‘qigan. Qishlog‘ida maktab ochib, uzoq vaqt maktabdorlik qilgan, kosiblik bilan ham shug‘ullangan. Otasi G‘oyibnazar so‘fi Qashqardagi Ofoqxo‘ja eshonning muridlaridan bo‘lgan, Chimyonda masjid va xonaqolar qurdirib, eshonlik qilgan.

Ijod na'munalari[tahrir]

Arzimni aydim bodi sabog'a, Yetkursa holim ul dilrabog'a.

Qilsa xudoyim ko'nglin muloyim, Rahm aylag'aymu man mubtalog'a?!

Qilg'aymu xayrin o'z qo'li birla, Borsam ko'yiga miskin gadog'a?

Dеdi raqiblar yorg'a yomonlab, Soldi judoliq naylay arog'a,

Ko'nglumda yo'qtur zarra gumonim, Kimki yomondur soldim xudog'a.

Holimni aytsam yorim inonmas, Emdi qo'yubman yavmuljazog'a.

Yorsiz kishini firdavsi yo'qtur, Suydim sanamni qoldim balog'a.

Dushmanlarining nozu, niamda Parvarish aylab soldi g'inog'a.

Do'stini yorim ranju alamda Qo'ydi el ichra javru jafog'a.

Miskin Huvaydo sabru tahammul Aylab,hamisha yig'lar xudog'a.

Havolalar[tahrir]