Xoʻjalik yili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xo`jalik yilidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Xoʻjalik yili - hisobotlar va rejalar uchun asos qilib olinadigan muayyan davr, vaqt boʻlagi (davomiyligiga kura kalendar yilga teng). Jahon mamlakatlarida Xoʻjalik yilining boshlanishi va oxiri turlicha boʻlib, kalendar yil boshi va oxiriga toʻgʻri kelmaydi. Mas, Yaponiya va Buyuk Britaniyada Xoʻjalik yili kalendar yilning 1 apreldan boshlanib kelgusi yilning 31 martida, AQShda 1 okt.dan boshlanib kelgusi yilning 30 sent.gacha davom etadi. Sobiq SSSRda 1930 y. sent.ga qadar Xoʻjalik yili 1 okt.dan boshlanib kelgusi yilning 30 sent.da tamom boʻlgan. Oʻzbekistonda Xoʻjalik yili 1 yanvardan boshlanib 31 dek. da tugaydi.