Xoʻjalik yili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xoʻjalik yili - hisobotlar va rejalar uchun asos qilib olinadigan muayyan davr vaqt boʻlagi (davomiyligiga kura kalendar yilga teng). Jahon mamlakatlarida Xoʻjalik yilining boshlanishi va oxiri turlicha boʻlib, kalendar yil boshi va oxiriga toʻgʻri kelmaydi. Mas, Yaponiya va Buyuk Britaniyada Xoʻjalik yili kalendar yilning 1 apreldan boshlanib kelgusi yilning 31 martida, AQShda 1 oktabrdan boshlanib kelgusi yilning 30 sentabrgacha davom etadi. Sobiq SSSRda 1930-yil sentabrga qadar Xoʻjalik yili 1 oktabrdan boshlanib kelgusi yilning 30 sentabrda tamom boʻlgan. Oʻzbekistonda Xoʻjalik yili 1 yanvardan boshlanib 31 dekabrda tugaydi.