Xloritoid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xloritoid [xloritlar (minerallar)ga oʻxshash va yun. eidos — koʻrinish] — orolli silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi (Fe, Mg)2 (AlFe3+)Al3[SiOJ2O2(OH)4 Ottrelitda 16,6% gacha MpO bor. Monoklin yoki triklin singoniyada kristallanadi. Toʻgri tuzilgan kristallari kam uchraydi, koʻpincha varaqvaraq, tangasimon afegatlar shaklida tarqalgan. Rangsiz, yashilsargʻish, sariq, qoʻngʻirkoʻk, qoramtir koʻk; shishadek yaltiroq. Qattikligi 6,5, zi.chligi 3,5—3,8 g/sm3. Xloritlar va slyudalardan qattikligi, moʻrtligi va optik xususiyatlari bilan farklanadi. Baʼzi metamorfik slanetslar va kontaktli rogoviklarda jins hosil qiluvchi mineral hisoblanadi. X. najdak konlarida uchraydi. Korund, diaspor, xlorit, Margarit, kaltsit, rutil va anataz bilan assotsiatsiyada topiladi. Oʻzbekistonda Nurota, Molguzar toglarida uchraydi. Abraziv xom ashyo sifatida ishlatiladi.