Xloratlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xloratlar — xlorat kislota (NS1O3) tuzlari. Oddiy temperaturada barqaror kristall modda, qizdirilganda yoki katalizatorlar ishtirokida kislorod chiqarib parchalanadi. Koʻpchilik X. suvda va baʼzi organik erituvchilarda eriydi. Organik va oson oksidlanadigan moddalar bilan portlovchi aralashmalar hosil qiladi. Metall xloridlarning suvdagi eritmalarini elektrokimyoviy oksidlanish, metall gidroksidlarni xlorlash usullari bilan olinadi. X.dan natriy xlorat NaClO3, kaliy xlorat KS1O3 (bertolle tuzi), kaltsiy xlorat Sa(S1O3)2, magniy xlorat Mg(ClO3)2 sanoat mikyosida ishlab chiqariladi. Natriy xlorat gugurt va pirotexnik tarkiblarni tayyorlashda, kaltsiy xlorat kaliy xlorat olishda oraliq mahsulot sifatida ishlatiladi.

Magniy xlorat desikantlar guruhiga kiradi. Unga oz miqdorda etanolamin fosfatning suvdagi eritmasini qoʻshib samarali taʼsir etuvchi defoliantlar olinadi. Bu preparatlar gʻoʻzaga qoʻllanganda yosh yashil koʻsaklar saqlanib qoladi, barglar qurimasdan 80—90% gacha toʻkiladi, hosil gektariga 3—4 s ga ortadi.