Xlamidoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xlamidoz - OOZ, rikketsioz, keratokonʼyunktivit — hayvonlarning oʻtkir yuqumli kasalligi. Koʻp hollarda X. katta iktisodiy zarar keltiradi, kasallik hayvonning koʻr boʻlishi bilan tugashi mumkin. Kasallikni reketsiyalar qoʻzgʻatadi. X. bilan barcha qishloq xoʻjaligi hayvonlari, koʻproq qoramollar zararlanadi. Kasallik yilning barcha fasllarida uchrashi mumkin, biroq issiq paytida koʻproq va ogʻirroq kechadi. X.ning yashirin davri 2— 12 kun. Koʻproq bir koʻz, kamroq ikkala koʻz ham zararlanadi. Tana harorati koʻtariladi, holati yomonlashadi, koʻzidan koʻp miqdorda shilliqyiringli suyuqlik oqadi. Soʻngra abssess oʻzoʻzidan yoriladi, uning oʻrnida yara hosil boʻladi. Hayvonning ahvoli yaxshilanib, astasekin sogʻayadi. Kasallikning epizootologiyasi, klinik belgilari hamda konʼyunktiva surtmasini mikroskopda tekshirish orqali tashhis qoʻyiladi.

Davolash: kasal mollar salqin xonalarda saqlanib, antibiotiklar qoʻshilgan turli malham dorilar (mazlar yoki linementlar) qoʻllaniladi. Ogʻir hollarda novokainli blokada qilish yaxshi samara beradi.

Oldini olish: hayvonlarni statsionar nosogʻlom xoʻjaliklardan chiqarmaslik tavsiya etiladi. Mollar kish faslida bir oyda bir marta, yoz oylarida esa har kuni koʻzdan kechiriladi. Sogʻlom mollarning koʻziga profilaktika maqsadida antibiotiklardan tayyorlangan mazlar yoki emulsiyalar suriladi, pashshalarga qarshi kurashiladi.

Hoshim Nurmamatov.