Xitin
Xitin (yun. chiton — kiyim, teri, qobiq) — polisaxaridlar guruhiga mansub tabiiy birikma; boʻgʻimoyoqlilar va bir qator umurtqasiz hayvonlar tashqi skeletining asosiy komponenti; zamburugʻlar, bakteriyalar va ayrim suvoʻtlarning hujayra devori tarkibida boʻladi. Tayanch vazifasini bajaradi. X. NatsetilDglyukozamin qoldigʻidan iborat. Suv, suyultirilgan kislota, ishqor, spirt va boshqa organik erituvchilarda erimaydi; konsentrlangan kislotalarda eriydi. X.ning tuzilishi, fizikkimyoviy xossasi va biologik ahamiyati oʻsimlik sellyulozasiga oʻxshash.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |