Xishrov
Qiyofa
Xishrov – Samarqand viloyatidagi shaharcha. Samarqand shahridan 7 km uzogʻlikda, Dargʻom kanalining oʻng sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan Samarqand shahar Kengashiga qaraydi. 1951 yilda tashkil etilgan. Aholisi 4,5 ming kishi (2003). Xishrovda: avtokorxona, „Oʻzelektrqurilish“ mexanizatsiyalashgan kolonnasi, Xishrov GES kaskadi, „Samarqand“ kichik styasi, gidrotsex, transport sexi, tikuvchilik atelyesi, dehqon bozori va boshqa bor. Umumiy taʼlim, musiqa maktablari, kasalxona, ambulatoriya, tibbiy punkt mavjud. Kutubxona, madaniyat uyi aholiga xizmat koʻrsatadi.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |