Xigan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xigan
Xigan

Higan (Хиган (yaponcha: 彼岸?, «другой берег») — Yapon buddaviylik bayrami. Har yili bahor va kuzgi teng kunlikda nishonlanadi. Tengkunlikdan 3 kun avval bayram tantanalari boshlanib ketadi va 3 kun soʻngra tugaydi. Higan qish mavsumidagi Yangi yil va yoz faslidagi Bon festivali singari ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirish bayrami hisoblanadi. Unda ham xotira marosimlari amalga oshiriladi[1].

Buddaviylik eʼtiqodiga koʻra, dunyo va oxirat hayotini Sanzu daryosi ajratib turadi. Daryo xayol, iztirob va qaygʻulardan iborat boʻlib, hayot yoʻlida duch kelgan barcha vasvasalarni yengib oʻtgan insongina qarama-qarshi qirgʻoqqa chiqa oladi va maʼrifatga erishadi. Higanda ruhning gʻarbdan, yaʼni „chalkashlik va tartibsizlikk“ olamidan, sharqqa, yaʼni „maʼrifat“ olamiga eltuvchi yoʻlni ortda qoldirishga yordam beruvchi turli marosimlar oʻtkaziladi. Aftidan, Higan haftalari tengkunlik kunlariga bagʻishlangan, chunki bu kunlarda kun-tun tenglashadi quyosh esa sharqdan chiqadi. Yaponiyada bir maqol bor: „Jazirama va sovuq Higanda tugaydi“ («Жара и холод заканчиваются в Хиган» (yaponcha: 暑さ寒さも彼岸まで?), yaʼni fasllarning oʻzgarishini anglatadi. Yaponiyaliklar qabrlarni ziyorat qilish chogʻida sovuq qish va issiq yoz chekinishiga umid qiladilar[2].

Tengkunlik kunlarida diniy marosim oʻtkazish anʼanasi shahzoda Shotoku davriga borib taqaladi. Higanning yetti kuni davomida barcha oilalar, jumladan imperator oilasi ibodatxonalar va oilaviy qabristonlarni ziyorat qilib, xotirlash marosimlarini oʻtkazgan. Ular qabrlarni tartibga solgan, dafn qilinganlarga yangi gullar va maxsus taomlar olib kelishgan, ibodat qilib, tutatqilar yoqishgan, soʻngra qabristonning oʻzidayoq piknikka oʻxshash sayil uyushtirishgan. Vafot etganlarga ovqat tayyorlash marosimi doʻstlar va qoʻshnilarga maxsus taom ulashish odatiga sabab boʻlgan. Higan kunlari goʻsht isteʼmol qilinmaydi. Asosiy yeguliklar shirin dukkakli don pastasi bilan qoplangan „o-hagi“ deb ataladigan yumshoq guruch yumaloqlari va botamoti (ботамоти (yaponcha: 牡丹餅 «пионовые моти»?) shínín "peony mochi") : ikkisi ham adzuki loviya xamiriga oʻralgan guruch unidan pishiriladigan nonchalar boʻlib, rangi pionga oʻxshaydi. Shuningdek, gomokuzuki — sabzavot va ziravorlar qoʻshilib pishrilgan guruchli taomlardan iborat[3].

Higan kunlari davlat bayram kunlari hisoblanmaydi, balki aynan tengkunlik kunlari esa rasmiy bayram va dam olish kunlari sifatida belgilangan. Ular Meiji hukmronligi davrida davlat bayramlariga aylantirilgan. Oʻsha paytda tengkunlik davri asosan ajdodlarni Kuzgi (Осенними (yaponcha: 秋季 сю:ки?) va Bahorgi (Весенними (yaponcha: 春季 сюнки?) xotirlash bayramlari (праздниками поминания предков императорского рода (yaponcha: 皇霊祭 ко:рэйсай?) edi. Ikkinchi jahon urushidagi magʻlubiyatdan soʻng, tengkunlik kunlaridagi bayramlar barcha xalqlar ajdodlariga hurmat bajo keltirish bayramlari sifatida baholana boshlandi. 1948-yilda davlat bayramlari toʻgʻrisida yangi qonun qabul qilindi va unda ushbu bayramlar quyidagicha tavsiflanadi:

  • Bahorgi tengkunlik kuni (День весеннего равноденствия (yaponcha: 春分の日 сюмбун-но хи?) — „Tabiat va tirik mahluqotlarga sevgi namoyishi kuni“. Har yili yo 20-martda yoki 21-martda nishonlanadi.
  • Kuzgi tengkunlik kuni (День осеннего равноденствия (yaponcha: 秋分の日 сю:бун-но хи?) — „Ajdodlarga hurmat bajo keltirish, vafot etganlar xotirasini yodda saqlash kuni“. 2000—2010-yillarda 23-sentabrda nishonlangan. 2012-2044-yillar oraligʻida kabisa yillarida 22-sentabrda, boshqa yillari 23-sentabrda nishonlanadi.

Higanda tengkunlik kunlari Tyuniti (Тюнити (yaponcha: 中日 тю:нити?, «средний день») rín ty: iplar , "oʻrta kun") deb ham ataladi. Chunki bu kunlar bayram hataligining oʻrtasida joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „День осеннего равноденствия“. — статья на сайте Посольства Японии в России. 2012-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-fevral.
  2. „День весеннего равноденствия“. — статья на сайте Посольства Японии в России. 2012-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-fevral.
  3. „Закон о государственных праздниках“ (deadlink). — Закон № 178 от 20 июля 1948 года. Редакция от 20 мая 2005 года. 2012-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]