Xeyerdal Tur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

XEYERDAL (Heyerdahl) Tur [1914.6.10, Larvik 2002.18.4, KollaMikeri qishlogʻi (Italiya)] — norveg etnografi va arxeologi, dengiz sayyohi, yozuvchi. Oslo universitetida oʻqigan (1933—37). X.ning 1sayohati Polineziyadagi FatuXiva o.ga boʻlgan (1937-38). "KonTiki" solida ekipaj bilan birgalikda Perudan Polineziyaga qadar Tinch okeanini kechib oʻtgan (1947). Bu sayohat uni butun dunyoga mashhur qilgan. 1969—70 yillarda "Ra" papirus qayigʻida Afrikadan Markaziy Amerikadagi orollargacha borgan. 1977—78 yillarda qamishdan yasalgan "Tigris" qayigʻida AlKurna (Iroq) — Hind daryosining quyilish yeri — Jibuti yoʻnalishi boʻyicha suzgan. Pasxa, Galapagos va Kanar o.larida arxeologik kazishma ishlari olib borgan. Buyuk sayyoh vikinglar haqidagi manbalarni tadqiq etish maqsadida 2001 y. Azov boʻyiga arxeologik ekspeditsiya uyushtirgan. Koʻplab ilmiyommabop asarlar muallifi. Asarlari: "KonTiki"da sayohat (1949), "AkuAku" (1957), "Ra" (1970), "FatuXiva" (1975) va boshqa