Xeops

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xeops (yun. Cheops), Xufu (misrcha) — Misr firʼavni (mil. av. 27-asr boshi). X. davriga oid yilnomaning qoldiklari, shuningdek, X.ning Magxara vodiysi (Sinay ya.o.dagi mis va feruza konlari yaqinida joylashgan)da badaviylar ustidan qozongan gʻalabasi aks etgan qoyatoshga oʻyib ishlangan rasm saqdanib qolgan. X. ismi Nubiyaning shim.da, Abu Simbaldan shim.gʻarbdagi diorit tosh konlarida aniqlangan. Gerodot ehromlar bunyod etishning qad. misrcha anʼanasini bayon qilar ekan, X.ni Misrga kulfat keltirgan, xalqni oʻzi uchun ishlashga majbur etgan mustabid hukmdor sifatida tasvirlaydi. Gizadagi X. ehromi — Misr ehromlari orasida eng katta boʻlib, bal. 146,6 m ni tashkil etadi.