Xemotronika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xemotronika (xemo... va ...tron) — ilmiy-texnik yoʻnalish; ishi elektrkimyoviy jarayonlar va hodisalarga asoslangan avtomatika, oʻlchash va hisoblash texnikasi asboblari va qurilmalarini tadqiq qilish, ishlab chiqish va qoʻllash masalalari bilan shugʻullanadi. X. shugʻullanadigan asboblar va qurilmalarning elektrod — elektrolit chegarasidan elektr toki oʻtkazilganda elektrkimyoviy jarayonlar yuz beradi. X.da ana shu jarayonlar oʻrganiladi. X.da elektroosmos hodisasidan, elektrod atrofidagi qatlamlarda elektrolit faol komponentlari oʻzgarishi va boshqa hodisalardan ham foydalaniladi. Eng oddiy xemotron asbob — elektrkimyoviy uya ichiga elektrolit toʻldirilgan va ikkita elektrod joylangan ixcham germetik shisha idish (ampula)dan iborat. Bunda elektrolit sifatida kislotalar, tuzlar va asoslarning suvdagi eritmalari ishlatiladi. Elektrodlar Pt (platina), Ag (kumush), A1 (alyuminiy), Zn (pyx) va boshqa metallar va ularning qotishmalaridan tayyorlanadi. Koʻpincha bu maqsadda Hg (simob) dan foydalaniladi.

Xemotron asboblar asosida ixcham tok va kuchlanish kuchaytirgichlari, toʻgʻrilagichlari, vaqt relelari, integratorlari, tezlanish, tra va tezlik datchiklari, titrashlar (vibratsiya) ni oʻlchash asboblari, indikatorlar, kulonometrlar hamda 107 — 10 Gs chastotalar diapazonida ishlaydigan boshqa asbob va qurilmalar yaratiladi.