Xemosorbsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xemosorbsiya (xemo... va sorbsiya), kimyoviy sorbsiya — suyuklik va qattiq jiyemning atrof muhitdan moddalar yutishi. Bunda kimyoviy birikmalar hosil boʻladi. Torroq maʼnoda X. qattiq jism sirtining modsani kimyoviy yutishi, yaʼni kimyoviy adsorbsiya deb qaraladi. X.da issikdik miqdori koʻproq ajralib chiqadi: odatda, X. issikligi 84—126 kJ/mol, baʼzi hollarda, mas, kislorodning metallarga singishida 420 kJ/mol dan ham ortishi mumkin. Kimyoviy reaksiyalarga oʻxshab, X. ham anchagina faollash (aktivatsiya) energiyasini talab kiladi. Shuning uchun tra ortganda X. tezlashadi. X.ni oʻrganish uchun spektroskopiya, elektron paramagnit va yadroviy magnit rezonans, elektron hamda ion proyektorlari, sekin harakatlanuvchi elektronlar difraksiyasi va boshqa qoʻllaniladi. X. geterogen katalizda, gazlarni tozalashda, vakuum texnikasi va boshqalarda muhim rol oʻynaydi. X. sanoatda keng qoʻllaniladi.