Alashan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xelanshandan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Alashan – Xitoyning shimolidagi cho‘l, Nanshan tog‘laridan shimoli-sharqda. Maydoni qariyb 170 ming km². A.ning yer yuzasi past tog‘lar, qumli va toshloq yerlardan iborat to‘lqinsimon tekislik. Katta qum massivlari ko‘chib yuradi, bal. 250 m gacha barxanlar hosil qiladi. Bal. 820 m dan (shimoli-g‘arbida) 1660 m gacha (jan.da). Iqlimi kontinental, yanvar oy-ida temperatura – 6,8°,– 12, G, iyulniki 22,6° – 26,1°. Yog‘in kam yog‘adi (200 mm gacha). Eng yirik daryolari – Edzin-Gol (Jo-shuy), Shuyxe. Katta ko‘li – Sogo-Nur. A.da gil tuproqli pastlik joylarda sho‘rxoklar, taqirlar uchraydi. Asosiy o‘simliklari: juzg‘un, yovvoyi piyoz, sak-sovul va turli xil o‘tlar. Aholi siyrak, asosan ko‘chmanchi chorvadorlar yashaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil