Alashan
Qiyofa
Alashan – Xitoyning shimolidagi choʻl, Nanshan togʻlaridan shimoli-sharqda. Maydoni qariyb 170 ming km². Alashanning yer yuzasi past togʻlar, qumli va toshloq yerlardan iborat toʻlqinsimon tekislik. Katta qum massivlari koʻchib yuradi, balandligi 250 metrgacha barxanlar hosil qiladi. Balandligi 820 metrdan (shimoli-gʻarbida) 1660 metrgacha (janda). Iqlimi kontinental, yanvar oyida temperatura – 6,8°,- 12, G, iyulniki 22,6° – 26,1°. Yogʻin kam yogʻadi (200 mm gacha). Eng yirik daryolari – Edzin-Gol (Jo-shuy), Shuyxe. Katta koʻli – Sogo-Nur Alashanda gil tuproqli pastlik joylarda shoʻrxoklar, taqirlar uchraydi. Asosiy oʻsimliklari: juzgʻun, yovvoyi piyoz, sak-sovul va turli xil oʻtlar. Aholi siyrak asosan koʻchmanchi chorvadorlar yashaydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |