Kontent qismiga oʻtish

Xazar tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qaja Juma masjid

Xazar tumani - Absheron yarimorolining shimoli-sharqida joylashgan Xazar tumanining hududi qadimgi turarjoylardan hisoblanadi. Bugungi kungacha yetib kelgan qoyatosh suratlari, eramizdan avvalgi qabristonlar, tarixiy va arxitektura yodgorliklari, qal’alar, binolar, maqbaralarlar va masjidlar hududning qadim madaniyatga ega ekanligini koʻrsatadi. Yolgʻiz „Qal’a“ davlat tarixiy-etnografik jamgʻarmasi hududida taxminan 234 hovli, masjid va vannalar mavjud. Xazar tumani neft tumani sifatida ham tanilgan.[1]

2010-yil 24-mayda Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining buyrugʻi bilan va aholining koʻp sonli istaklari nazarga olinib, Azizboyev tumani Xazar tumani deb nomlandi.[1] Tumanda 7 ta madaniyat uyi, 2 ta klub, 3 ta musiqa maktabi, 7 ta kutubxona, 3 ta muzey va 11 ta madaniyat va istirohat bogʻlari mavjud. Tumanda 4 mehmonxona bor.[2]

  1. 1,0 1,1 „Khazar rayonu: History“. xazar-ih.gov.az. Qaraldi: 26 sentyabr 2017.
  2. „Mədəniyyət“. xazar-ih.gov.az. Qaraldi: 26 sentyabr 2017.