Kontent qismiga oʻtish

Xayri Izomov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xayri Izomov (1922.30.12, Buxoro) — kompozitor, dirijyor, sozanda (gʻijjak). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1974). Toshkent konser-vatoriyasini (1952) tugatgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942—45). Oʻzbekiston radiosida musiqa tahririyati mudiri, oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestrida dirijyor (1950—55), Oʻzbekiston televideniyesi va radiosida bosh badiiy rahbar (1955—64), oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestri diri-jyori (1966-yildan). Afgʻoniston radiosida musiqa maslahatchisi (1964—66). Ijodida qoʻshiq janri asosiy oʻrin tutadi. "Toshkent osmoni", "Shonli elim", "Yangi Toshkent haqida qoʻshiq" kabi qoʻshiklari zamonaviy intonatsiya bilan boyitilgan. "Kim oʻzi", "Kimga aytay", "Koʻzi xumor" va h. k. lirik qoʻshiklari tanilgan. "Oʻzbekcha syuita" (1953), "Oʻzbekiston poemasi" (1953), "Oʻzbekiston quyoshi ostida" xoreogra-fik syuitasi (1962), "Oʻzbekiston paxtasi" syuitasi (1961), dramatik spektakl, bolalar, qoʻgʻirchoq teatrlari spektakllariga musiqa, "Tokkata", "Noktyurn", "Musika javoni" kabi fortepiano asarlari muallifi. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (2000).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil