Kontent qismiga oʻtish

Xayd Tomas

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xayd Tomas (1636-1703) — ingliz sharqshunosi va tarjimoni. Oksford universitetining professor Bodleyan kutubxonasining ilmiy nazoratchisi. Ulugʻbekning yulduzlar jadvalini uchta forscha qoʻlyozma boʻyicha tekshirib, "Jayxunning har ikki tomonining qudratli hokimi ulugʻ Amir Temur nabirasi Ulugʻbekning kuzatishlari boʻyicha qoʻzgʻalmas yulduzlarning uzunlik va kengliklar jadvali" nomi bilan 1665-yil 1 marta fors va lotin tillarida nashr ettirgan. Bu esa Yevropa olimlariga Ulugʻbek rasadxonasi faoliyatini oʻrganishlari uchun asosiy manba boʻldi.