Xartiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xartiya (yun. chartes — qogʻoz, yorliq) — 1) oʻrta asrlardagi (shaharlar va kommunalar X.si, Erkinlikning buyuk X.si va boshqalar) va yangi zamondagi (Buyuk Britaniyada 1838 y.gi Xalq X.si, konstitutsion X. va boshqalar) ommaviyhuquqiy va siyosiy tusdagi hujjat. Xalqaro huqukda odatda deklaratsiya soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanib, majburiy kuchga ega boʻlmaydi, xalqaro aktning umumiy qoidalari va maqsadini ifodalaydi (mas, Yangi Yevropaning Parij X.si); 2) eski qoʻlyozma.