Xarlem
Jump to navigation
Jump to search
Xarlem, Garlem — Niderlandiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Shim. Gollandiya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 148,7 ming kishi (2001). Sparna kanalidagi bandargoh. Gulchilik rni markazi. Eksport uchun gullar, asosan, lola ekiladi. Transport mashinasozligi, sintetik kauchuk ishlab chiqarish, parfyumeriya, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Muzeylar, bogʻlar bor. 14—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saklangan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |