Xarizma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xarizma (qadimgi yunoncha: χάρισμα [charisma] – muruvvat, ilohiy qobiliyat) – biror shaxsning boshqalarga nisbatan alohida xususiyatlarga egaligi (donoligi, qahramonligi, avliyoligi) va shu xususiyat yordamida xalqni boshqarishga haqli ekanligini ifodalaydigan tushuncha. X. tushunchasini ilk bor italiyalik ruhoniy Avliyo Paul moʻjizaviy qobiliyatga ega boʻlgan Iso paygʻambarga nisbatan ishlatgan. Ammo X.ni ilmiy tushuncha sifatida Maks Veber chuqur tadqiq qilib, uni „xudo bergan neʼmat“ deb nomlagan. Qadimgi davrlarda faqat ilohiy mazmunga ega boʻlgan tushuncha vaqt oʻtishi bilan olimlar tomonidan real hayotga tatbiq etila borib, ilohiy qobiliyatga ega boʻlmagan, ammo alohida xususiyatlarga, yuksak fazilatlarga ega boʻlgan yetakchi tarixiy shaxslarga nisbatan ham ishlatila boshlangan.