Xaritagramma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xaritagramma (xarita va ... gramma) — biror hodisaning oʻrtacha intensivligini xaritada koʻreatilgan maʼmuriyhududiy birlik doirasida har xil quyuqlikdagi ranglar bilan yoki zichlikda shtrixlab tasvirlash usuli. Xaritadiagrammalaryaan farkli ravishda, X.da nisbiy koʻrsatkichlardan foydalaniladi (mas, viloyat yoki tumanlar boʻyicha aholi zichligi, qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligi va h.k.). Rangning quyuqlanishi yoki shtrixyaarning zichligi xaritaga tushirilayotgan koʻrsatkich qiymatining oʻsishi yoki kamayishiga moye ravishda oʻzgarib boradi, odatda, intensivlik uchun pogʻonali shkala qoʻllaniladi. X.ni tuzishda xaritaning maqsadi eʼtiborga olinadi. Oʻquv xaritalarida pogʻonalar 3—5 tadan oshmaydi, maʼlumotnoma xaritalarda esa koʻproq tanlanadi. Natijada koʻrsatkichlarning aniqligi ortadi.