Xarisbobo maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xarisbobo maqbarasi - Xorazm viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (18—19-asrlar). Maqbara peshtoqli ziyoratxona va goʻrxonadan iborat; pishiq gʻishtdan bezaksiz, gumbaz tomli qilib qurilgan. Peshtoqli darvoza orqali ziyoratxona (4,0x4,0 m) va undan goʻrxona (3,0x3,0 m)ga oʻtiladi. Peshtoq yuqoriga tomon bir oz torayib borib, gʻishtin sharafa bilan yakunlangan. Ziyoratxona gumbazi qalqonsimon bagʻallarga oʻrnatilgan, goʻrxona gumbazi bir gʻisht qalinligida ishlangan.