Xardivaynberg qonuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xardivaynberg qonuni - bir gen allellari boʻyicha farq qiluvchi, oʻzaro erkin chatishadigan populyatsiyalarda allellar va genotipik sinflar uchrashishi tezligining taqsimlanishini tasvirlovchi qonun. 1908-yilda birbirlaridan mustaqil holda ingliz matematigi G. Xardi va nemis vrachi V. Vaynberglar kashf etishgan. X. —Xardivaynberg qonuniga binoan, mutatsiya, tanlash bosimi, migratsiya va genlar dreyfi yuz bermaydigan hollarda allellarning oʻzaro uchrash tezligi avloddanavlodga oʻzgarishsiz oʻtadi. Modomiki, avlodda allellarning uchrash tezligi otaonalarinikiga oʻxshash boʻlar ekan, u hodda genotiplarning ham uchrash chastotalari oʻzgarishsiz qoladi. Aallelini "r", aallelini esa "q" harfi bilan belgilansa, u holda p+q=l boʻlishi, bu formula yordamida populyatsiyada A va a allellarining uchrash tezligi; AA, Aa, aa genotiplarning uchrash tezligini esa p2+2pq+q2 formula yordamida aniklash mumkin. X. — Xardivaynberg qonuni populyatsiyalar genetikasi uchun muhim ahamiyatga ega. Qonun populyatsiyalarda kam uchrovchi allellarning aksariyat hollarda geterozigota organizmlarda saqlanib qolishini koʻrsatib beradi. X. — Xardivaynberg qonuni tabiiy sharoitda amal qilishi juda qiyin, chunki populyatsiyalarga genetik muvozanatni buzuvchi tashki va ichki omillar doimo taʼsir etib turadi. Shu sababli X. — Xardivaynberg qonunini keyingi populyatsiongenetik modellar yaratishning boshlangich shakli sifatida qarash maqsadga muvofiq boʻladi.