Xardavdon
Qiyofa
Xardavdon (Halimocnemis villosa Kar. et. Kir.) – shoʻradoshlarga mansub bir yillik sershox oʻt. Boʻyi 3-25 sm, qisqa va uzun tuklar bilan qoplangan. Barglari qalami, semiz, uzunligi 20–50 mm. Gulqoʻrgoni oddiy, 4 ta nashtarsimon boʻlakchadan iborat, ularning pastki qismi meva yetilishi oldidan qoʻshilib ketadi va qattiqlashadi. Xardavdon iyun – sentabrda gullab meva beradi. Oʻzbekistonda shoʻrxok, qumoq, mayda chagʻirtoshli, loy tuprokdi va qumli yerlarda keng tarqalgan. Qorakoʻl qoʻylari va tuyalarga ozuqa.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |