Kontent qismiga oʻtish

Xaraxoto

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xaraxoto (moʻgʻulcha – Qora shahar) – Edzina (yoxud Xeyjunchen) shaharqalʼa xarobasi, Gʻarbiy Sya davlatining EdzinGol daryosi quyi oqimi boʻyidagi harbiy okruglaridan birining markazi. Dastlab XI asr boshidagi yozma manbalarda qayd etilgan. 1226-yil Chingizxon tomonidan vayron qilingan. P. K. Kozlov boshchiligidagi rus arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan (1908, 1909, 1926-yillarda) tadqiq etilgan. Toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (440x360 m) shahar – burj, minoralari, istehkomlari, suburganlari (buddaviy diniy inshootlar) boʻlgan paxsa devor bilan oʻralgan. Doʻkon, ustaxona, turar joy, omborxonalar xarobalari saqlangan. Shahar atrofida ekinzorlar, sugʻorish kanallari, chorbogʻlar joylashgan. Koʻplab mehnat qurollari, hunarmandchilik buyumlari, turli hujjatlar, xitoy tangalari, Yuan sulolasi tomonidan jahonda ilk marotaba chiqarilgan qogʻoz pullar topilgan. Suburganlardan birida Budda diniga oid buyumlar (gravyura, haykallar), tangut, tibet, xitoy tillarida bitilgan 2000 jilddan ziyod kitoblar va qoʻlyozmalar, tangut yozuvini oʻqishda asos boʻlgan tangutxitoy lugʻati va boshqa chiqqan. Xaraxoto topilmalari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanadi.