Xarakter (obraz)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xarakter — adabiyot va sanʼat asarlarida xususiy belgilari mukammal tasvirlangan va oʻzida feʼlatvor (xattiharakat, kechinma, fikriy va nutqiy faoliyat)ning tarixan aniq tipini mujassamlantirgan, shuningdek, muallifning maʼnaviyestetik konsepsiyasini ifodalagan inson obrazi. Badiiy X. umumiy (takrorlanuvchi) va xususiy (takrorlanmaydigan); obʼyektiv (badiiy X.ga proobraz boʻlib xizmat qilgan kishi hayotining ijtimoiypsixologik asoslari) va subʼyektiv (proobrazning muallif tomonidan idrok va talkin etilgan) belgilarning oʻzaro uyushgan hosilasidir. Adabiyot va sanʼat asarlaridagi X. tushunchasi falsafa, sotsiologiya va psixologiyadagi ayni tushunchadan inson obrazining konsepsiyaviyligi bilan ajralib turadi.

X. tushunchasi ilk marta Yunonistonda, badiiy ijod ruhiy madaniyatdan ajralib chiqqan bir davrda paydo boʻlgan. X.ning antik davrda ifodalagan mazmuni uning hozirgi talqinidan keskin farq qilgan. "...Shoirlar ishtirokchilarning xarakterlarini tasvirlash uchun ularni asarga olib kirishmaydi, — deb yozgan edi Aristotel "Sheʼriyat sanʼati toʻgʻrisida"gi risolasida, — balki ularning xattiharakatlari orqali xarakterlarini ham (asar doirasiga) jalb etishadi". Antik davr tragediyasida ham inson obrazi (X.) emas, balki voqea asar gʻoyasini ifodalab kelgan va muhim badiiy obraz xisoblangan; personajlar asardagi muayyan badiiy vaziyatda oʻynagan roli bilan bir-biridan farklangan.

Personaj X.ining mustaqil gʻoyaviybadiiy ahamiyatga ega ekanligi antik davrdayoq anglashila boshladi. Chunonchi, Plutarx "Parallel hayotnomalar" asarida qahramonlarni ular "takdir"i va X.iga koʻra oʻzaro qiyoslagan. "X." atamasining bunday 2 xil maʼnoda qoʻllanishi 18-asrgacha davom etib keldi. Adabiyot va sanʼatning keyingi rivojlanishi natijasida X. fabuladyan, asar syujetidan tamomila ajralib chikdi.

Uzoq davom etgan tarixiyadabiy jarayonda Uygʻonish va klassitsizm davrlari alohida ajralib turadi. Uygʻonish davrida X. xulqatvorning muayyan belgilaridan forigʻ boʻlib, umuminsoniy hodisa sifatida namoyon boʻla boshladi. U nafaqat antik davr va oʻrta asr uchun muhim boʻlgan madaniylik va yovvoyilik, diniy eʼtiqod va eʼtiqodsizlik singari oʻzaro qaramaqarshi belgilardan, balki turli ruhoniy sifatlardan ham xoli boʻlib bordi. Uygʻonish davri qahramonlarining X.ida harakatchanlik, oʻzgaruvchanlik koʻzga yaqqol tashlandi. Klassitsizm X.ning yana avvalgi statik holatiga qaytdi va ayni paytda diqqateʼtiborini shaxsning ongiga — "burch" bilan "koʻngil"ning ikkisidan birini tanlash masalasiga qaratdi. Romantizm esa X.ni shaxsning ichki olami bilan mushtarak boʻlgan hodisa sifatida talqin etdi. 19-asrda tansidiy realizmttt maydonga kelishi bilan X. shaxs bilan jamiyat urtasidagi oʻzaro munosabatning uzviy birligi sifatida uzilkesil shakllandi.

Adabiyot va sanʼat asarlarida qahramon shaxsining tashki va ichki moxiyati uning X.ini belgilaydi hamda bu qahramon X.i muallifning va boshqa personajlarning u haqsagi tavsifnomalari, shuningdek, syujet rivojidagi oʻrni va roli bilan inkishof etiladi. Mas, Abdulla Qodiriyning "Oʻtgan kunlar" romanidagi Otabek X. i, bir tomondan, yozuvchi bilan birga margʻilonlik birodarlarning tavsifnomalari, baholari, munosabatlari, ikkinchi tomondan, mazkur qahramonning asar syujetida, voqealar rivojida oʻynagan roli orqali aniq qirralar kasb etadi. Shu fikr romandagi boshqa yetakchi qahramonlar X.iga ham oiddir.

Adabiyot va sanʼat asarlarida tasvirlangan qahramonlar har doim ham X. darajasiga koʻtarila bermaydi. X., obrazdan farqli oʻlaroq, yozuvchidan katta mahoratni, qahramonning muayyan tarixiyijtimoiy va madaniymaʼrifiy sharoitdagi oʻziga xos oʻrni va xususiy belgilarini teran ochishni taqozo etadi. Shu maʼnoda epik janrlar yozuvchiga qahramon X.ini yorqin yaratish imkonini beradi. Mac, M. Sholoxovning "Inson takdiri" xikoyasida murakkab va mashaqqatli hayot yoʻlini bosib oʻtgan, ammo shunga qaramay, oʻzining ezgu insoniy fazilatlariga gard ham yuqtirmagan Sokolov X.i katta mahorat bilan yaratilgan. Bunday holni Gʻafur Gʻulomning "Mening oʻgʻrigina bolam", "Hasan Kayfiy", Abdulla Qahhorning "Oʻgʻri", "Anor" kabi hikoyalarida ham uchratish mumkin.

Har bir milliy adabiyotning boyligi qahramonlar X.ining rangbarangligi bilan ham belgilanadi. Agar Abdulla Qodiriy oʻzbek adabiyotiga Otabek va Kumush, Yusufbek hoji va Oʻzbek oyim singari oʻz siymosida oʻzbek xalqi tarixining muayyan tarixiy davrini va shu xalqning muayyan katlamini ifodalagan X.larni olib kirgan boʻlsa, Oybek 20-asr boshlarida yashagan Yoʻlchi, Gulnor, Shoqosim, Qoratoy, Yormat singari 20-asr boshlarida yashagan mehnatkashlarning rangbarang tiplari bilan boyitdi ("Qutlugʻ qon"), Navoiy, Husayn Boyqaro, Nizomulmulk, Majididdin singari tarixiy, Sultonmurod, Zayniddin, Toʻgʻonbek singari toʻqima qahramonlar X.ini kashf etdi ("Navoiy"). Shunday oʻziga xos X.lar Shayxzoda, Mirtemir, S. Abdulla, M. Osim, R. Fayziy, O. Yokubov, P. Qodirov, Sh. Xolmirzayev kabi yozuvchilar ijodida ham koʻplab uchraydi.

Badiiy kashfiyot darajasiga kutarilgan X., ijobiy yoki salbiy mohiyatga ega boʻlishidan qatʼi nazar, har bir adabiyotning badiiy boyligini tashkil etib, oʻzi mansub boʻlgan xalqning milliy X.ini, milliy oʻziga xosligini badiiy mujassamlantirgani bilan ahamiyatlidir.

Li.: Timofeyev L. I., Osnovi teorii literaturi, M., 1971; Sultonov I., Adabiyot nazariyasi, T., 1980; Xrapchenko M. B., Gorizonti xudojestvennogo obraza, M., 1982; Vvedeniye v xudojestvennuyu xarakterologiyu, Samarkand, 1983.

Naim Karimov.