Xarakiri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xarakiri (yaponcha xara — qorin va kiri — yormoq, kesmoq) — Yaponiyada qornini yorib tashlash orqali shaxsning oʻz joniga qasd qilishi. Oʻrta asrlardan maʼlum. Samuraylar orasida qabul qilingan boʻlib, hukmga binoan yoxud ixtiyoriy suratda (samurayning oʻz homiysi, xoʻjayiniga sadoqat belgisi sifatida, samurayning "ornomusi toptalgan" chogʻda va boshqa holatlarda) amalga oshirilgan. Ikkinchi jahon urushida Yaponiya yengilgach (1945 y. avg .), bir qancha yapon soldat va zobitlari ittifoqchi qoʻshinlarga asir tushmaslik uchun X.ga amal qilib, oʻzlarini oʻldirganlar. Hozirgi Yaponiyada X. hodisalari kam uchraydi.