Xanti tili
Qiyofa
Xanti tili – finugor tillarining obugor guruhiga mansub til. RFning Tyumen (XantiMansi va YamalNenets muxtor okruglari) va Tomsk viloyatlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 23 ming kishiga yaqin (XX asr oxirlari). Dialektal jihatdan gʻarbiy va sharqiy guruh shevalari farqlanadi. Gʻarbiy va sharqiy lahjalar fonetika, morfologiya va leksika sohalarida oʻzaro farq qiladi. Yozuvi, asosan, XX asrning 1-yarmida: avval lotin grafikasi asosida (1930), keyinchalik rus grafikasi asosida (1937) shakllangan. Badiiy ijodda, telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarda, matbuotda gʻarbiy guruh lahjalari (kazim, shurishkar) qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |