Xanka
Jump to navigation
Jump to search
Xanka — RF Primorye oʻlkasi va Xitoydagi koʻl. Havzasining maydoni 4190 km² (shundan RFda 3030 km²). Uz. 95 km. Oʻrtacha chuq. 1–3 m, eng chuqur joyi 10,6 m. Xanka boʻyi pasttekisligida joylashgan. Allyuvial yotqiziqlar Kichik Xanka koʻlini X.dan ajratib turadi. Qirgʻogʻining koʻp qismi botqoq. Suvi chuchuk, loyqa. Noyab. da muzlab, aprelda muzdan boʻshaydi. X.ga Lefu, Mo va boshqa daryolar quyiladi, koʻldan Ussurining chap irmogʻi Sungacha daryosi oqib chiqadi. Baliklar (sazan, kaluga va boshqalar), suv toshbaqasi, qunduz bor. Ondatra iklimlashtirilgan. Kema qatnaydi.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |