Xanjara Qosimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xanjara Nosirovna Abul Qosimova
Tavalludi 1934-yil 8-fevral
Vafoti 2021-yil 14-iyul (87 yosh)
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Kasbi kinoshunos

Xanjara Nosirovna Abul Qosimova (1934-yil 8-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2021-yil 14-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasi) — sovet va oʻzbek kinoshunosi, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi (1963-yil), KPSS aʼzosi (1970—91-yillar).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xanjara Nosirovna 1934-yil 8-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1953-yilda Leningrad davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kiradi va uni 1958-yilda tugatadi. 1959-yilda Moskvaga koʻchib oʻtadi va u yerda Sanʼat tarixi institutining aspiranturasiga oʻqishga kiradi, uni 1962-yilda tugatadi, deyarli bir vaqtning oʻzida „Oʻzbekiston SSRda kinematografiyaning shakllanishi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi, buning uchun 1963-yilda sanʼatshunoslik fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi. Oʻqishni tamomlab, Oʻzbekiston SSRga qaytib kelib, Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutiga katta laborant, 1962-yilda esa yangi lavozim — Sanʼatshunoslik institutiga katta ilmiy xodimi lavozimiga ishga kiradi. Kinematografiya tarixiga oid 39 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [https://web.archive.org/web/20160911154538/http://www.nlr.ru/e-case3/sc2.php/web_gak/lc/505/1 Arxivnaya kopiya ot 11 sentyabrya 2016 na Wayback Machine Nauchnie raboti po istorii kinoiskusstva na ofitsialnom sayte RNB]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]