Xan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xan (Hahn), Gann Otto (1879.8.3, Frankfurt Mayn 1968.28.7, Gyottingen) — nemis fizigi va radiokimyogari. Marburg va Myunxen universitetlarida oʻqigan. Berlinda professor (1910—34), Berlindagi kimyo institutida direktor (1938-yildan), M. Plank jamiyati prezidenta (1946—60), faxriy prezidenta (1960-yildan). Asosiy ilmiy ishlari radioaktivlikni tadqiq etishga bagʻishlangan. Bir necha izotoplar va yangi radioaktiv element — protaktiniyni kashf qilgan (L. Maytner bilan hamkorlikda). Jahonda birinchi boʻlib tabiiy radioaktiv elementlarda yadro izomeriyasi hodisasini (1921), uran yadrolarining neytronlar taʼsirida boʻlinishini topgan (1938, Shtrasman bilan hamkorlikda) (qarang Yadro reashiyasi). Nobel mukofoti laureati (1945).