Xaminados

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xaminados (ispancha: haminados, ladino: haminadavos; shuningdek, chaminados) — sefard[1] yahudiycha taomdir. Xaminados Isroil oshxonasining muhim elementi hisoblanib, ular mustaqil ravishda yoki shabbat uchun sefard va mizrahim cholntining bir qismi sifatida tayyorlanadi.[2][3][4][5]

Umumiy tasavvur[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xolentadan alohida kofe va piyoz poʻstlogʻi (rang uchun) bilan pishirilgan haminados. Qobiqda (chapda) va qobiqsiz (oʻngda).

Xaminados — qobigʻidagi butun tovuq tuxumlari boʻlib, ular cholnt ustiga tovada dudlash uchun qoʻyiladi.[6] Tuxum koʻp soat davomida, koʻpincha tunda qaynatiladi, pishirilish jarayonida u jigarrang rangga aylanadi. Jigarrangga aylangan tuxumlar dasturxonga tortilishidan oldin qobigʻidan tozalanadi, shundan soʻnggina u boshqa pishgan ingredientlar ustiga qoʻyiladi.

Tunis turiga koʻra jigarrang tuxum alohida, metall tovada, kechasi, pechda, suv va choy barglari yordamida pishiriladi. Retseptning ushbu turi „choy tuxumi“ deb nomlangan boʻlib, xitoycha gazakni eslatadi, unga koʻra, tuxum choy barglari sous va ziravorlar bilan qaynatiladi. Xaminadosni cholntdan alohida pishirishning mumkin boʻlgan boshqa usullari ham mavjud. Masalan, suvga choy barglari, maydalangan qahva yoki piyoz poʻstlogʻi qoʻshilsa, qobiq binafsha rangga aylanadi, tuxum oqi qoʻshilsa, och jigarrang rangga burkanib, tuxum silliq, qaymoqsimon tuzilishga keladi.

Isroilda jigarrang tuxumlar ful medames uchun mashhur boʻlgan qoʻshimcha hisoblanadi, ularni shuningdek, xumus va sabix sendvichlari bilan birga dasturxonga tortishingiz mumkin.[7]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]