Xamamatsu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xamamatsu — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu o. markaziy qismining jan.da. Aholisi 582,1 ming kishi (2000). Baliq ovlash porti. Mototsikllar i.ch. va mashinasozlik tarmoqlarining yirik markazi. Kimyo, toʻkimachilik, yogʻochsozlik korxonalari mavjud. Musiqa asboblari ishlab chiqariladi. Budda ibodatxonasi bor. Turizm rivojlangan.