Xaltsidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xaltsidlar (Chalcidoidea) -pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlarning katta oilasi. 27 oila, 8 mingga yaqin turi mavjud. Tanasining uz. 1—3 (ayrimlariniki 10)mm. Rangi yashil, qora yoki sariq boʻlib, tovlanadi. Moʻylovi kamida 15 boʻgʻimdan iborat. Odd yelka, odatda, qisqa, qanot qopqogʻiga yetmaydi. Oʻrta yelkasi baʼzan boʻylama egatli. X. turli hasharotlar — koksidlar, oʻsimlik bitlari (shiralar), ikki qanotlilar va boshqalarning ichki yoki tashqi parazita. X. orasvda ikkilamchi parazitlar, yaʼni foydali birlamchi parazitni nobud qiladigan parazitning parazitlari (oʻta parazitlari) ham bor. Lichinkalari parazitlik qilib yashaydi. Rivojlanishning turli fazasidagi hasharotlar xoʻjayinlik vazifasini oʻtaydi. Parazit, odatda, xoʻjayinga tuxum qoʻyadi. Mavsumda 7 avlod beradi. X. dan koʻpgina qishloq xoʻjaligi zararkunanda hasharotlariga qarshi biologik kurashda foydalaniladi. Ayniqsa, X.dan afelinus va trixogramma katta amaliy ahamiyatga ega.