Xalqobod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqobod — Namangan viloyati Pop tumanidagi shaharcha (1966-yildan). 1948-yilda issiqlik elektr markazi va "Oʻzbektomyopqich" ktining qurilishi (1965) munosabati bilan vujudga kelgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Pop (3 km). Aholisi 8 ming kishi (2003). X.da oʻramli tom yopqich ashyolar kombinati (ruberoid, pergamin, karton, izolyatsiya materiallari ishlab chiqarish), notoʻqima materiallar ishlab chiqarish birlashmasi mavjud. Umumiy taʼlim maktablari, 2 kutubxona, sogʻlomlashtirish punktlari, poliklinika bor.