Xalqaro xavfsizlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro xavfsizlik - xalqaro munosabatlar tizimi; hamma davlatlar tomonidan rioya qilinadigan xalqaro huquqning prinsip va normalari; davlatlar oʻrtasidagi janjalli masalalarni va kelishmovchiliklarni kuch va kuch ishlatish xavfi bilan bartaraf etishni istisno qilishga asoslangan. Xalqaro xavfsizlik prinsiplari kuyidagilarni nazarda tutadi: hamma davlatlar uchun babbaravar xavfsizlikni taʼminlash; harbiy, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda amaliy kafolatlarni yuzaga keltirish; har bir xalqning suveren huquqlarini soʻzsiz hurmat qilish; xalqaro tanglik va mintaqaviy nizolarni siyosiy yoʻl bilan adolatli bartaraf etish; davlatlar oʻrtasida ishonchni mustahkamlash; xalqaro terrorizmkya oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqish; genotsid, aparteidam tugatish, fashizmnsh targʻib qilmaslik, diskriminatsiyaping har qanday shakllarini xalqaro amaliyotdan yoʻqotish; qamal va sanksiyalardan (jahon hamjamiyati tavsiyalarisiz) voz kechish. Xalqaro xavfsizlikning ajralmas qismi BMT Ustavi bilan mustahkamlangan amaldagi kollektiv xavfsizlik mexanizmidir.

Xalqaro xavfsizlik har bir davrda turli omillarga: xalqaro aloqalarning rivojlanish yoʻnalishlari va xususiyatiga, sivilizatsiya darajasi, maʼnaviyat va sh.k.ga bogʻliq boʻladi. Shaxs, sinf, jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarning faoliyati Xalqaro xavfsizlikga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi jahonda, xususan, Markaziy Osiyoda xavfsizlik taʼminlanishiga katta hissa qoʻshib kelmoqda. Prezident I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan "Mintaqaviy xavfsizlikdan xalqaro xavfsizlikni taʼminlash sari" konsepsiyasi Xalqaro xavfsizlikni taʼminlashning yangi qoidasi sifatida jahon miqyosida tan olinmoqda.