Xalqaro tillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xalqaro tillar — turli davlatlar xalqlarining aloqa vositasi boʻlib xizmat qiladigan tillar. Tabiiy tillarga va sunʼiy tillarga boʻlinadi. Tabiiy Xalqaro tillarning xalqarolik vazifasi aniq boʻlsada, milliy yoki qabilaviy tillardan foydalanishga nisbatan ikkinchi darajali hisoblanadi. Sunʼiy Xalqaro tillarning xalqarolik vazifasi birlamchi hisoblansada, ular har doim ham roʻyobga chiqmagan, chunki bunday tillarning hammasi ham millatlararo aloqaaralashuv amaliyotida qoʻllanavermagan.

Tabiiy Xalqaro tillar qad.da va oʻrta asrlarda mintaqaviy xarakterga ega boʻlgan (ularning qoʻllanishi muayyan mintaqa, hudud bilan chegaralangan). Chunonchi, Qad. Sharq xalqlarida aloqa vositasi sifatida xitoy tili (iyeroglifik shaklda), Gʻarbiy Osiyoning qad. davlatlarida turli davrlarda shumer, akkad va oromiy tillari qoʻllangan. Yunon tili ellinistik dunyoning , lotin tili esa turli tillarda soʻzlashuvchi Rim imperiyasining umumiy tili boʻlgan. Oʻrta asrlarga kelib Yakin Sharq hududida arab va fors tillari, slavyan mamlakatlarida esa qad. slavyan tili Xalqaro tillar vazifasida qoʻllana boshlagan. Yangi davrda, maʼlum obʼyektiv sabablar tufayli avvaddan sakdanib qolgan mintaqaviy Xalqaro tillar guruxi bilan bir qatorda dunyo miqyosida qoʻllanuvchi Xalqaro tillar (jahon tillari) ham paydo boʻldi.

U yoki bu tilning Xalqaro tillar darajasiga koʻtarilishi estralingvistik (siyosiy, iktisodiy va madaniy) va lingvistik (til funksional tizimdarining rivojlanganligi, sohaviy’ terminologiyalarning mavjudligi va boshqalar) omillar yigʻindisi bilan belgilanadi. Jahon tillari soni tobora ortib bormoqda. 18-asrdan soʻng ("fransuz tili umumiy til boʻlgan asr" deb ham nomlanadi) astasekin ingliz va nemis tillari, 20-asrdan esa rus va boshqa bir qancha tillar jahon miqyosida qoʻllana boshladi. Xalqaro tillarning xalqaroligi ularning xalqaro tashkilotlar yoki konferensiyalarning (BMT, YUNESKO) "rasmiy" yoki "ishchi" tili sifatida tan olinishi tufayli ushbu maqomda yuridik jihatdan mustahkamlanishi bilan belgilanadi (mas, ingliz, arab, ispan, xitoy, rus, fransuz tillari BMTning rasmiy va ishchi tillari hisoblanadi).

Xalqaro tillarni koʻp millatli davlat ichida qoʻllanuvchi, millatlararo aloqa vositasi hisoblanuvchi tillardan farqlash kerak. Baʼzi tillar ham xalqaro, ham millatlararo til sifatida qoʻllanishi mumkin (mas, rus va xitoy tillari).

Sunʼiy Xalqaro tillar deganda alokaaralashuv uchun maxsus shakllantirilgan yasama kommunikativ tizimlar tushuniladi. Lotin tilining xalqarolik vazifasi susayishi munosabati bilan 17-asrdan boshlab sunʼiy tillarning kuplab loyihalari paydo boʻla boshladi. 1629 yilda fransuz faylasufi R.Dekart lingvoloyihalash nazariyasiga asos soldi. 17— 19-asrlarda sunʼiy tillarni yaratuvchilar koʻpincha tabiiy tillarni nomukammal tillar sifatida tanqid qilib, sunʼiy tillarni tabiiy tillarga almashtirilishi zarur boʻlgan universal tillar deb baxrlaganlar. 18-asr oʻrtalarida xalqaro aloqaning maxsuslashgan vositasi hisoblangan va tabiiy tillar bilan yonmayon mavjud boʻlgan sunʼiy tilning yordamchilik, vositachilik xususiyati haqida tasavvur shakllandi. 1879 yilda yaratilgan volapuk ham ogʻzaki, ham badiiy ijod sohasidagi aloqa doirasida qoʻllangan dastlabki sunʼiy tildir. 1884—89 yillarda volapuk tarafdorlarining 3 ta xalqaro konferensiyasi oʻtkazilgan, unda dunyoning turli mamlakatlarida bir necha oʻnlab gaz. va jur.lar nashr etilgan boʻlsada, bu harakatlar uzoq davom etmadi. Fakat esperantotina (1887 yilda yaratilgan) keng ommalashib, unda koʻp kishilar soʻzlashadigan boʻldi. Shunday boʻlsada, esperanto har doim tor doiradagi yordamchi, ikkilamchi til sifatida qoʻllangan. Sunʼiy tillardan ido (1907), oksidental (1921—22) va interlingva (1951) ham u qadar muvaffaqiyat qozonmay, tor kommunikativ doirada qoʻllanib kelmoqda (yana q. Sunʼiy tillar). Lekin mazkur sunʼiy Xalqaro tillarning barchasi gʻarbiy tillar materiallari negizida shakllangan boʻlib, sharq tillari uchun begona hisoblanadi. Oʻtgan asrning 90-yillarida Oʻzbekistonda va bir qator turkiyzabon davlatlarda turkiy xalqpar uchun mushtarak boʻlgan xalqaro til — oʻrta turk tilini yaratishga va joriy qilishga urinishlar, daʼvatlar boʻlgan boʻlsada, bu urinishlar hozircha bironbir ijobiy natija bergani yoʻq. Haqiqiy Xalqaro tillar faqat tarixiy jarayonda aniq mavjud boʻlgan milliy tillar bazasida vujudga kelishi mumkin.

Adabiyot[tahrir]

  • Svadost E.P., Kak vozniknet vseobshiy yazik? M., 1968; Problemi interlingvistiki, M., 1976; Reformatskiy A.A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M., 1998.

Abduvahob Madvaliyev.