Xalqaro sport birlashmalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro sport birlashmalari — jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi jahon va mintaqaviy nohukumat tashkilotlari. Ularning soni hozirgi vaqtda 200 tadan ortiq. Xalqaro sport birlashmalarib. — universal (mas, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi — XOQ), sport turlari boʻyicha federatsiyalar (FIFA, FIDE, FAI va h.k.) tarzida boʻladi. Gimnastika federatsiyasi (1881 yil tuzilgan), akademik eshkak eshish (1892), konkida yuguruvchilar uyushmasi (1892), XOQ (1894) eng avval tashkil qilingan Xalqaro sport birlashmasi hisoblanadi.