Xalqaro mehnat taqsimoti
Xalqaro mehnat taqsimoti – ayrim mamlakatlarning muayyan mahsulotlarini i.ch.ga ixtisoslashuvi va mahsulotlarni ayirboshlashi. Ijtimoiyhududiy mehnat taqsimotining yuqori shakli, jahon bozorining va davlatlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarning asosini tashkil etadi, davlatlar milliy xoʻjaliklarini jahon xoʻjaligi tizimiga birlashtirish omili boʻlib, obyektiv jihatdan mehnat unumdorligining oʻsishiga yordam beradi. Jamiyat taraqqiyotining dastlabki davrlarida ayrim mamlakatlarda tabiiy sharoitlar tafovuti bilan bogʻliq boʻlgan Xalqaro mehnat taqsimotit.ning sodda koʻrinishlari mavjud boʻlgan. XIX asrning oʻrtalaridan Yevropa mamlakatlarida juda katta miqdordagi xom ashyo, tez oʻsib borayotgan shahar aholisi uchun oziq-ovqat keltirishni talab etgan mashina industriyasining paydo boʻlishi Xalqaro mehnat taqsimotit.ning rivojlangan shakllarini yuzaga keltirdi. Xalqaro mehnat taqsimotit.ni shakllantirgan yana bir muhim omillardan biri – mustamlakachilik sistemasining paydo boʻlishi hisoblanadi. XX asr boshlariga kelib mustamlaka va qoloq mamlakatlar tamomila „jahon qishloqlari“ga, Yevropa va Shimoliy Amerikaning sanoati rivojlangan mamlakatlari „jahon shaharlari“ga aylandi. Xalqaro mehnat taqsimotit.ning bu xususiyati Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ham saqlanib qoldi. 1960-yillarda sobiq mustamlaka va yarim mustamlakalar – jahon aholisining 80% dan ortigʻi yashaydigan Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrika mamlakatlari hissasiga jahon sanoat mahsulotlarining taxminan 15% toʻgʻri keldi. Bu mamlakatlar eksportining asosiy qismini xom ashyo va oziqovqat tashkil etgan holda ularning importga qaramligi juda yuqori edi, chunki bu mamlakatlar zarur sanoat tovarlarining deyarli barchasini va yetishmaydigan oziq-ovqatni chetdan keltirishga majbur edi.
Fantexnika taraqqiyoti sharoitlarida Xalqaro mehnat taqsimotit. tobora rivojlangan shakllarga ega boʻlib boradi, xalqaro ixtisoslashuvga ehtiyoj kuchayadi, chunki bir mamlakat doirasida hozirgi texnika taraqqiyoti darajasida muttasil ortib borayotgan mahsulotlarning barcha turini keng miqyosda i.ch. mumkin emas. Hozirgi Xalqaro mehnat taqsimotit.ning xususiyati – rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi Xalqaro mehnat taqsimotit.da tarmoklararo ixtisoslashuv yetakchi oʻrinda tursa, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida tarmoqlar ichida ixtisoslashishning chuqurlashayotganidir.
Rivojlangan mamlakatlarning xalqaro ichki tarmoq ixtisoslashuvi (mahsulot, detal, texnologiya boʻyicha) mamlakatlararo sanoat mahsulotlari savdosining ortishiga olib keladi. Bu mamlakatlar i.ch.ning yuqori yoki pastroq darajadagi kompleks tarmoq tuzilmasiga ega. Bunday sharoitlarda Xalqaro mehnat taqsimotit.ning ichki tarmoq ixtisoslashuvi yoʻnalishida chuqurlashuvi eng yangi tarmoqlar rivojlanishining zaruriy shartiga aylanadi. Ichki tarmoq ixtisoslashuvining yoʻyalishlaridan biri – mahsulot turi boʻyicha ixtisoslashish hisoblanadi, yaʼni muayyan mahsulot turini i.ch. u yoki bu mamlakatda amalga oshiriladi (mas, traktorsozlik AQShda yuqori quvvatli gʻildirakli va zanjirli traktorlar i.ch.ga, Buyuk Britaniyada oʻrtacha tipdagi gʻiddirakli traktorlar i.ch.ga, Germaniyada quvvati kichik traktorlar i.ch.ga ixtisoslashgan).
Detal boʻyicha ixtisoslashish da ayrim mamlakat zavodlari pirovard mahsulot uchun shkm tarzida foydalaniladigan butlovchi qismlar, detallar i.ch.ga ixtisoslashadi. Mas, „RollsRoys“ ingliz firmasi AQSH, Fransiya va boshqa mamlakatlarda tayyorlanadigan samolyotlar uchun reaktiv dvigatellar ishlab chiqaradi. Bu jarayonda bir rivojlangan mamlakatdan boshqasiga kapital chiqarishning koʻpayishi, turli mamlakatlar korxonalari oʻrtasida ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuvning rivojlanishi muhim rol oʻynaydi. Firmalararo kooperatsiya (qoʻshma korxonalar), juda ulkan transmilliy korporatsiyalarning tashkil etilishi, sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotlarining integratsiyasi (qarang Yevropa Itgpifoki) ham rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi mehnat taqsimotini chuqurlashtirishga yordam beradi.
Oʻzbekiston Xalqaro mehnat taqsimotit.da paxta tolasi, energetika resurelari (tabiiy gaz, elektr energiyasi), rangli metallar, oʻgʻitlar va boshqa mahsulotlar yetkazib beruvchi mamlakat tarzida ishtirok etadi (yana qarang Mehnat taqsimoti)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |