Xalqaro iqtisodchilar ittifoqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nodavlat tashkilot
Ishga tushgan sanasi 1991-yil
Joylashuvi Sergey Bodrunov

Xalqaro iqtisodchilar ittifoqi (XII) — xalqaro mustaqil nodavlat jamoat tashkilotidir. 1991-yilda Sandanski (Bolgariya) shahrida tashkil etilgan.

Xalqaro iqtisodchilar ittifoqi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi huzurida Bosh maslahatchi maqomiga ega. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jamoatchilik Axborot Departamenti (DPI NGO UN) bilan uyushgan.

Xalqaro iqtisodchilar ittifoqi prezidenti — S.D.Bodrunov, Rossiya erkin iqtisodiy jamiyati prezidenti, S.Y.Vitte nomidagi Yangi sanoatni rivojlantirish instituti direktori, iqtisod fanlari doktori, professor.

Xalqaro iqtisodchilar ittifoqining shtab-kvartirasi quyidagi manzilda joylashgan: Moskva, Tverskaya koʻchasi, 22A (Iqtisodchi uyi).

XII ning asosiy maqsad va vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • jahon hamjamiyatini rivojlantirish vositasi sifatida iqtisodiy islohotlarni ilgari surish;
  • mamlakatlarda iqtisodiy oʻsishni jadallashtirish va iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirishga, dunyoning turli mintaqalarida integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan milliy va xalqaro loyihalar, dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirishda ishtirok etish;
  • xalqaro hamkorlikning yangi shakllarini izlash va amalga oshirish;
  • iqtisodiyotning turli sohalari, fan, texnika va faoliyatning boshqa sohalarida keng xalqaro axborot almashinuvini taʼminlash;

va boshqalar.

XII yillik yigʻilishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro iqtisodchilar ittifoqi har yili XII aʼzolarining iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalari boʻyicha yigʻilishlarini oʻtkazadi:

  • 1992-yil — „Jahon hamjamiyatining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga koʻmaklashish“ (Varshava shahri, Polsha);
  • 1993-yil — „Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining bogʻlovchi momentlari“ (San-Fransisko shahri, AQSh);
  • 1994-yil — „Hududlar iqtisodiyoti“ (Barselona shahri, Ispaniya);
  • 1995-yil — „Xalqaro iqtisodiy hamkorlikning nodavlat shakllari“ (Sidney shahri, Avstraliya);
  • 1996-yil — „Jahon taraqqiyoti tendentsiyalari bilan bogʻliq holda XII vazifalari“ (Parij shahri, Fransiya);
  • 1997-yil — „Biznes va iqtisodiyotdagi odam“ (Quddus shahri, Isroil);
  • 1998-yil — „Moliya bozori. Kapital bozori. Investitsiyalar buguni va kelajagi“ (Mayami shahri, AQSh, Meksika);
  • 1999-yil — „Noishlab chiqarish sohasi iqtisodiyoti: xalqaro hamkorlik masalalari“ (Limassol shahri, Kipr);
  • 2000-yil — „XXI asrda Rossiyaning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi“ (Moskva shahri, Rossiya);
  • 2001-yil — „Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar“ (Dubrovnik shahri, Xorvatiya);
  • 2002-yil — „Iqtisodiyotlari oʻtish davridagi mamlakatlarda sanoat va ijtimoiy siyosat“ (Keyptaun shahri, Janubiy Afrika);
  • 2003-yil — „Jahon iqtisodiyotini rivojlantirishda Yevropa hamkorligining roli va oʻrni“ (Regensburg shahri, Germaniya; Vena shahri, Avstriya; Bratislava shahri, Slovakiya; Budapesht shahri, Vengriya);
  • 2004-yil — „Globallashuv va iqtisodiy rivojlanish“ (Varadero shahri, Kuba);
  • 2005-yil — „Uy-joyni moliyalashtirish va shaharsozlik masalalari“ (Nayrobi shahri, Keniya);
  • 2006-yil — „Mingyillik deklaratsiyasi maqsadlariga muvofiq oʻtish davridagi iqtisodiyotga ega boʻlgan mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi“ (Nyu-York shahri, AQSH);
  • 2007-yil — „Maxsus iqtisodiy zonalar — Jahon tajribasi“ (Shanxay shahri, Sanya, Xitoy);
  • 2008-yil — „Kelajak energiyasi: iqtisodiy muammolar“ (Aqaba shahri, Iordaniya);
  • 2009-yil — „Jahon iqtisodiyoti 2020-yilgacha: prognozlar va haqiqatlar“ (Mayami shahri, AQSh);
  • 2010-yil — „Inqirozga qarshi choralarning global tajribasi. Iqtisodiy globallashuv xususiyatlari“ (Rio-de-Janeyro shahri, Braziliya);
  • 2011-yil — „Davlatlar poytaxtlari iqtisodiyoti muammolari“ (Vena shahri, Avstriya Respublikasi).
  • 2012-yil — „Jahon hamjamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi: zamonaviy tendentsiyalar, muammolar, istiqbollar“ (Seyshel orollari Respublikasi, Mae oroli).
  • 2013-yil — „Yangi iqtisodiyot: optimal modellar“ (Amerika Qoʻshma Shtatlari, shaharlar: Las-Vegas, Los-Anjeles, San-Fransisko).
  • 2014-yil — „Yangi dunyo iqtisodiyotining ijtimoiy oʻlchovlari“ (Sidney shahri, Avstraliya; Kvinstaun shahri, Kraystcherch shahri, Yangi Zelandiya).
  • 2015-yil — „Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning progressiv shakllari“ (Indoneziya Respublikasi, Bali oroli);
  • 2016-yil — „Zamonaviy dunyo: yangi iqtisodiy haqiqat“ (Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahri).
  • 2017-yil — „Jahon iqtisodiyoti — global oʻzgarishlar“ (Norvegiya)
  • 2018-yil — IV-Sankt-Peterburg Xalqaro Iqtisodiy Kongressi (SPEK-2018) „Forsit „Rossiya“: yangi sanoat jamiyati. Kelajak“ (Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg shahri)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]