Xalqaro geofizika yili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Xalqaro geofizika yili - 1957 yil 1 iyuldan 1958 yil 31 dekabrgacha oʻtgan (18 oy) davr; bu davr ichida butun Yer sharidagi 67 mamlakatda yagona dastur va metodika asosida geofizik kuzatishlar va tadqiqotlar olib borildi. X.g.y. bundan ilgari oʻtgan ikkita Xalqaro qutb yillarining davomi boʻldi. Quyosh aktivligining maksimum davriga toʻgʻrilangan X.g.y. dasturiga kuyidagi kuzatishlar kiritildi: aerologik va meteorologik, okeanografik, glyatsiologik, magnit, gravimetrik va seysmik; ustki atmosfera — qutb yogʻdulari, ionosfera, meteorlar, kosmik nurlari ham oʻrganildi. Natijada Quyosh bilan Yer oʻrtasidagi oʻzaro aloqani oʻrganish ishiga katta hissa qoʻshildi, Antarktidani tadqiq qilishda muhim ahamiyat kasb etdi, u yerda turli mamlakatlar oʻz bazalarini barpo etishdi. X.g.y. kuzatish materiallari asosida Antarktidada Janubiy sovuqlik qutbi aniqlandi, u yerda yillik oʻrtacha tra —57° ligi qayd etildi. Ozon qatlami tropik mintaqalarda juda yuqorida va yupqa, qutbiy mintaqalarda esa qalin va past joylashganligi isbot etildi. Sharqiy Sibirda yangi muzliklar borligi aniklandi.