Xalqaro kosmik stansiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xalqaro fazoviy stansiyadan yoʻnaltirildi)
Xalqaro kosmik stansiya (2021 yil)

Xalqaro kosmik stansiya, qisqartmasi–XKS (inglizcha: International Space Station, qisqartmasi – ISS) — koʻp maqsadli kosmik tadqiqot ob’ekti sifatida ishlatiladigan boshqariladigan kosmik stansiya; 1998-yil oxiridan hozirga qadar faoliyat yuritib kelmoqda. (Uning faoliyati 2024-yilga qadar amal qiladi. Mamlakatlar ish muddatini 2028, 2030-yilgacha uzaytirishga kelishib oldi).

XKS–14 davlat ishtirokidagi xalqaro qoʻshma loyiha hisoblanadi: Rossiya, AQSH, Kanada va Yevropa kosmik agentligi a’zolari — Belgiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Gollandiya, Norvegiya, Fransiya, Shveytsariya, Shvesiya[1][2][3] (dastlabki ishtirokchi davlatlar: Braziliya (Braziliya moliyaviy qiyinchiliklar tufayli bundan voz kechdi) va Buyuk Britaniya („Kosmik stansiya haqidagi hukumatlararo bitim“ni imzolagan, biroq keyinchalik dasturda qatnashmadi) edi).

XKS inson qurgan eng qimmat obyekt sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan[4]. Stansiyaning umumiy qiymati 100 milliard dollardan oshadi.

XKS quyidagilar orqali nazorat qilinadi: Rossiya segmenti – Korolevdagi kosmik parvozlarni boshqarish markazidan, Amerika segmenti – Xyustondagi Lyndon Jonson missiyasini boshqarish markazidan. Laboratoriya modullari - Yevropaning „Kolumb“ va Yaponiyaning „Kibo“ — Yevropa kosmik agentligi (Oberpfaffenhofen, Germaniya) va Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi boshqaruv markazlari tomonidan nazorat qilinadi[5]. Markazlar oʻrtasida doimiy axborot almashinuvi mavjud.

AQSHning aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) „Axiom Space“ kompaniyasi bilan 2022-yilning yanvarida Xalqaro kosmik stansiyasiga sayyoh yuborish bilan bogʻliq shartnoma imzoladi. Ushbu missiya „Axiom Mission 1“ (Ax-1) deb nomlanadi va sakkiz kun davom etadi. Parvoz Florida shtatidagi Kanaveral kosmodromidan amalga oshiriladi[6].

Amerikalik hamda hindistonlik tadqiqotchilar Xalqaro kosmik stansiyaning turli joylaridan namunalar olib, toʻrtta bakteriya shtammini aniqladi. Mikroblarning uchtasi ilm-fan uchun mutlaqo noma’lum shtammlar boʻlib, barchasi ham tuproqda, ham toza suvda uchraydigan bakteriyalar oilasiga kiradi. Ular azotni qayta ishlash va oʻsimliklarning oʻsishiga koʻmaklashib, xavfli patogenlar bilan kurashadi. Namunalar tadqiqot stansiyasining yuqori paneldan, gumbazdan hamda ovqatlanish stoli yuzasidan olingan. Oʻrganish davomida bitta shtammning avval aniqlangan «Methylorubrum rhodesianum» ekanligi ma’lum boʻlgan. Ammo qolgan — jarayon davomida IF7SW-B2T, IIF1SW-B5 va IIF4SW-B5 deb nom berilgan shtammlarni aniqlashning imkoni boʻlmagan. Ulardan birini mashhur hind olimi Ajmal Xon sharafiga «Methylobacterium ajmalii» deb atash taklif qilingan[7].

Yaratilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999 yilda

1984-yilda AQSh prezidenti Ronald Reygan xalqaro orbital stansiya yaratish boʻyicha ishlarning boshlanganini eʼlon qildi[8]; 1988-yilda loyihalashtirilgan stantsiya „Ozodlik“ deb nomlandi. Oʻsha paytda bu AQSh, ESA, Kanada va Yaponiya qoʻshma loyihasi edi. Stansiya katta oʻlchamda boshqariladigan qilib rejalashtirilgan edi, modullar navbat bilan orbitaga 1981-yildan buyon „Space Shuttle“ kemalari orqali yetkaziladi. Ammo 90-yillarning boshlariga kelib, loyihani ishlab chiqish qiymati juda yuqori boʻlib chiqdi va Rossiya bilan birgalikda stansiya yaratishga qaror qilindi.

Zvezda modulidagi kosmik hojatxona

Rossiyaga „Salyut“ (1971-1991) orbital stansiyalarini yaratish va ishga tushirish tajribasi SSSRdan meros boʻlib oʻtdi. 1990-yillarning boshlarida „Mir“ stantsiyasi (1986-2001) „Mir-2“ stantsiyasini tashkil etishni rejalashtirgan. Biroq iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli loyiha toʻxtatildi.

1992-yil 17-iyunda Rossiya va AQSH kosmik tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzoladi. Bunga muvofiq, Rossiya kosmik agentligi (RSA) va NASA „Mir-Shuttle“ qoʻshma dasturini ishlab chiqdi. Bu dastur Amerikaning qayta ishlatiladigan „Spacye Shuttle“ kosmik kemaslarini Rossiyaning „Mir“ kosmik stansiyasiga joylab parvozlarini amalga oshirishni ko'zda tutadi.

Shuningdek, dastur rus kosmonavtlarini Amerika kemalari ekipajlari tarkibiga va Amerika kosmonavtlarini „Soyuz“ kosmik kemasi va „Mir“ stantsiyasiga kiritishni oʻz ichiga oladi. Mir-Shuttle dasturini amalga oshirish jarayonida orbital stansiyalarni yaratish boʻyicha milliy dasturlarni birlashtirish gʻoyasi tugʻildi.

1993-yil mart oyida Rossiya kosmik agentligi bosh direktori Yuriy Koptev va „Energia“ bosh konstruktori Yuriy Semyonov NASA rahbari Daniyel Goldinga Xalqaro kosmik stansiyani yaratishni taklif qilishdi.

Shu bilan birga, 1993-yilda Qoʻshma Shtatlarda koʻplab siyosatchilar kosmik orbital stansiya qurilishiga qarshi edi. Iyun oyida AQSh Kongressi Xalqaro kosmik stansiyani yaratishni rad etish taklifini muhokama qildi. Bu taklif faqat bitta ovoz farqi bilan qabul qilinmadi: rad etish uchun 215 ovoz, stansiya qurilishiga 216 ovoz yigʻilgan.

1993-yil 2-sentabrda AQSH vitse-prezidenti Albert Gor va Rossiya bosh vaziri Viktor Chernomirdin „haqiqiy xalqaro kosmik stansiya“ning yangi loyihasini e’lon qilishdi. Shu paytdan boshlab stansiyaning rasmiy nomi „Xalqaro kosmik stansiya“ boʻldi, norasmiy nomi — „Alfa“ kosmik stansiyasi ham parallel ravishda ishlatilgan[9]. 1993-yil 1 -noyabrda Rossiya kosmik agentligi va NASA „Xalqaro kosmik stansiya uchun batafsil ish rejasi“ni imzoladi.

1994-yil 23-iyunda Y.Koptev va D.Goldin Vashingtonda „Rossiya fuqarolik kosmik stansiyasida doimiy sheriklik olib boradigan ishlar toʻgʻrisida vaqtinchalik bitim“ni imzoladi. Uning doirasida Rossiya XKS boʻyicha ishga rasman qoʻshildi[10]. 1994-yil noyabr oyida Moskvada Rossiya va Amerika kosmik agentliklarining birinchi maslahatlashuv yigʻilishi boʻlib oʻtdi; loyihada ishtirok etuvchi firmalar - „The Boeing Company“ va „Energia“ kompaniyasi bilan shartnomalar imzolandi.

1995-yil mart oyida Xyustondagi L.Jonson nomidagi kosmik markazda stansiyaning konseptual dizayni tasdiqlandi. 1996 yilda stansiya konfigurasiyasi tasdiqlandi, u ikki segmentdan iborat - ruscha („Mir-2“ning modernizatsiya qilingan versiyasi) va amerikancha (Kanada, Yaponiya, Italiya, Evropa kosmik agentligi va Braziliya a’zolari ishtirokida).

nazorat markazlari

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „International Space Station“ (en). Каталог NSSDC ID. 2012-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-sentyabr.
  2. „Archive of official government documents related to the ISS“ (en). International Space Station Guide. 2012-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-sentyabr.
  3. „European Participation“ (en). Сайт ЕКА. 2012-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-yanvar.
  4. „Most expensive man-made object“ (en-GB). Guinness World Records. Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
  5. „Международная космическая станция.Справка“ (ru). РИА Новости (2010-yil 26-iyul). 2014-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-dekabr.
  6. „NASA Халқаро космик станцияга сайёҳ жўнатиш бўйича шартнома имзолади“. Bugun.uz. 2021-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 9 май. (Wayback Machine saytida 2021-08-03 sanasida arxivlangan)
  7. „Халқаро космик станцияда фанга номаълум микроблар аниқланди“. Bugun.uz. 2021-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 17 март.
  8. „President Reagan's Statement on the International Space Station. Excerpts of President Reagan's State of the Union Address, 25-yanvar 1984-yil“.
  9. Экипаж «Альфы» переходит на космическую станцию (Wayback Machine saytida 2009-02-14 sanasida arxivlangan) // inopressa.ru
  10. Влияние программы МКС на космическую промышленность России (Wayback Machine saytida 2012-03-04 sanasida arxivlangan) // novosti-kosmonavtiki.ru