Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro astronavtika federatsiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xalqaro astronavtika federatsiyasi — kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq qilish va oʻzlashtirish, shuningdek, raketa texnikasi va kosmik huquq masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro ilmiy tashkilot. 1950-yil astronavtika va raketa jamiyatlarining Parijda oʻtkazilgan Xalqaro kongressida 8 ta davlat (Avstriya, Argentina, Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya) vakillari Xalqaro astronavtika federatsiyasini tuzish haqida qaror qabul qildi. Xalqaro astronavtika federatsiyasi Xalqaro astronavtika kongressini oʻtkazib turadi. 1952-yil Shtutgart (Germaniya) da boʻlib oʻtgan Xalqaro astronavtika kongressida Xalqaro astronavtika federatsiyasi ning nizomi qabul qilindi. 1960-yildan Xalqaro astronavtika federatsiyasi qoshida Xalqaro astronomiya akademiyasi va Xalqaro kosmik huquq instituti faoliyat koʻrsatadi. Ushbu tashkilotlar oʻz nizomi va boshqaruv organlariga ega. Xalqaro astronavtika federatsiyasining asosiy boshqaruv organi Bosh assambleya bulib, u har yili Xalqaro astronavtika federatsiyasining kongressi bilan yigʻiladi. Bosh assambleya sessiyasida Xalqaro astronavtika federatsiyasining joriy ishlarini prezident va 4 ta vitseprezidentdan iborat byuro boshqaradi. 40 ga yaqin mamlakatning ilmiy tashkilotlarini birlashtiradi. YUNESKO va Xalqaro elektr aloqa ittifoqi qoshida konsultativ maqomga ega. Xalqaro astronavtika federatsiyasining shtab kvartirasi va kotibiyati Parij shahrida joylashgan[1].

  1. OʻzME