Nabijon Xalilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xalilov Nabijondan yoʻnaltirildi)

Xalilov Nabijon (1922.6.1, Qoʻqon — 2002.7.7, Toshkent) — dirijyor, kompozitor. Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—45). Hamza teatrida musiqa boʻlimi boshligʻi (1952—56), Oʻzbek davlat filarmoniyasida simfonik orkestr dirijyori (1957—64), "Uzbekistan" ashula va raqs ansamblining badiiy rahbari (196568), 1968-yildan Muqimiy teatrida bosh dirijyor sifatida oʻnlab spektakllarni saxnalashtirgan. Ayni paytda, Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida oʻqituvchi (1968-yildan), professor (1989-yildan), kafedra mudiri (1970—91). "Baxt toʻyi" (Yo. Mirzo), A. Muhamedov bilan hamkorliqsa "Olifta" (F. Musajonov), "Dilafruzga toʻrt oshiq" (T. Minnulin), "Sexrli uzuk" (S. Qoriyev), "Toshkentga sayohat" (B. Darvesh) kabi musikali drama va komediyalar musikasini, shuningdek, "Jon Oʻzbekiston" vokalraqs syuitasi, "Nido" yukalsimfonik poemasi, "Toshkent gullari", "Sevgilimbahorim" va boshqa qoʻshiqlarni yozgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil