Nabijon Xalilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xalilov Nabijon (1922.6.1, Qoʻqon — 2002.7.7, Toshkent) — dirijyor, kompozitor. Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—45). Hamza teatrida musiqa boʻlimi boshligʻi (1952—56), Oʻzbek davlat filarmoniyasida simfonik orkestr dirijyori (1957—64), "Uzbekistan" ashula va raqs ansamblining badiiy rahbari (196568), 1968 yildan Muqimiy teatrida bosh dirijyor sifatida oʻnlab spektakllarni saxnalashtirgan. Ayni paytda, Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intida oʻqituvchi (1968 yildan), professor (1989 yildan), kafedra mudiri (1970—91). "Baxt toʻyi" (Yo. Mirzo), A. Muhamedov bilan hamkorliqsa "Olifta" (F. Musajonov), "Dilafruzga toʻrt oshiq" (T. Minnulin), "Sexrli uzuk" (S. Qoriyev), "Toshkentga sayohat" (B. Darvesh) kabi musikali drama va komediyalar musikasini, shuningdek, "Jon Oʻzbekiston" vokalraqs syuitasi, "Nido" yukalsimfonik poemasi, "Toshkent gullari", "Sevgilimbahorim" va boshqa qoʻshiqlarni yozgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil