Xaliliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xaliliy — ertapishar uzum navi. Bu navning Qora X. va Oq X. xillari bor. Qora yoki qizil X. Oʻzbekiston, Qirgʻiziston Turkmanistonda tarqalgan. Tupi kuchli usadi. Bargi yirik, orqasi tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha (280—300 g), shingillari tigʻiz. Gʻujumi yirik, tuxumsimon, toʻq kizil, eti sershira, karsillaydi, pusti yupqa. Tarkibida kand miqdori 17—18%, nordonligi 4—4,5%. Iyul oʻrtalarida pishadi. Ragʻa bilan kasallanadi. Hosiddorligi 100—120 s/ga. O q X. vatani — Eron. Uzbekistan, Turkmaniston, Rossiyaning Stavropol oʻlkasi, Marokash va Kaliforniyada ekiladi. Tupi kuchli usadi. Bargi oʻrtacha, sal choʻziqroq, sal burishgan yoki silliq. Guli kush jinsli. Uzum boshi oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumlari oʻrtacha, oqish yoki koʻkishsariq, poʻsti yupqa, eti sersuv, tarkibida qand miqdori 18— 19%, nordonligi 4—4,5%. Hosildorligi 120—160 s/ga. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida rnlashtirilgan.