Jubron Xalil Jubron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xalil Jubrondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Jubron Xalil Jubron
Kahlil Gibran 1913.jpg
Tavallud sanasi: 6-yanvar 1883-yil(1883-01-06)
Tavallud joyi:Bsharri
Vafot sanasi:10-aprel 1931-yil(1931-04-10)
(48 yoshda)
Vafot joyi:Nyu-York
Kasb:
Faoliyat:yozuvchi, faylasuf, rassom

Jubron Xalil Jubron (arabcha: جبران خليل جبران; inglizcha: Kahlil Gibran; 1883.1.6, Livan, Bsharri qishlogʻi — 1931.4.10, Nyu-York) — arab yozuvchisi, faylasuf, rassom. Arab, ingliz tillarida ijod qilgan. Ilk ijodi romantik ruhda ("Halil-Kofir", "Isyonkor ruhlar" hikoyalar toʻplamlari). "Singan qanotlar" (1912) qissasi mashhur. "Koʻz yoshlari va tabassum" (1914) toʻplami 60 ga yaqin saj (qofiyalangan nasr) bilan yozilgan kichik sheʼriy parchalardan iborat boʻlib, unga "Mening tugʻilgan kunim", "Shoir avlodi" kabi romantik asarlari kiritilgan. "Namoyishkorona yurish" (1918) falsafiy-sheʼriy asari yozuvchi dunyoqarashini aks ettirsa, "Boʻron" (1920) toʻplamida hayotda uchraydigan loqaydlik, boqimandalik, ikkiyuzlamachilik (munofiqlik) kabi illatlar tanqid qilinadi. "Aqldan ozgan" (1918), "Oldinda yuruvchi" (1920), "Paygʻambar" (1923), "Qum va koʻpik" (1926), "Iso — inson oʻgʻli" (1928), "Yer xudolari" va b. asarlari Gʻarb kitobxonlariga moʻljallangan. J. ijodida oʻz falsafiy qarashlarini targʻib qilishga harakat qilgan. Uningcha, faqat maʼnaviyat eng yuksak qadriyat namunasi boʻla oladi va ruhning buyukligini aks ettiradi. YUNESKO qarori bilan 1983 y.da butun jahonda J. tavalludining 100 yilligi nishonlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil